

Bugun erta tongda Zangiota tumanida “Motamsaro ona” yodgorligi poyida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va osoyishta hayotimiz uchun samimiy minnatdorlik ifodasi sifatida hurmat bajo keltirilib, gulchambarlar qo‘yildi.
Tadbirda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov boshchiligida harbiy tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlarining faol xodimlari ishtirok etdilar.
Musiqa sadolari ostida o‘tkazilgan marosimda ishtirokchilarning yuragida yurtga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat va fidoyilik tuyg‘ulari yana bir bor jo‘sh urdi.
Ushbu tadbir xalqimizning tarixga, o‘z peshqadamlariga va ozodlik yo‘lida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bo‘lgan yuksak ehtiromini ifodalab berdi.
Shu bilan birga, tinch va osoyishta hayotimizning asl qadriga yetish, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish barchamiz uchun muqaddas burch ekanini yana bir bor eslatdi.
