{"id":14261,"date":"2022-10-14T18:50:59","date_gmt":"2022-10-14T13:50:59","guid":{"rendered":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/?p=14261"},"modified":"2022-10-23T06:45:37","modified_gmt":"2022-10-23T01:45:37","slug":"barselona-va-yuventus-guruhda-qolishi-mumkin-yechl-guruhlaridagi-vaziyatlar-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/barselona-va-yuventus-guruhda-qolishi-mumkin-yechl-guruhlaridagi-vaziyatlar-haqida\/","title":{"rendered":"\u00abBarselona\u00bb va \u00abYuventus\u00bb guruhda qolishi mumkin. YeChL guruhlaridagi vaziyatlar haqida"},"content":{"rendered":"<div id=\"cmsmasters_row_7ziky377p5\" class=\"cmsmasters_row cmsmasters_color_scheme_default cmsmasters_row_top_default cmsmasters_row_bot_default cmsmasters_row_boxed\">\n<div class=\"cmsmasters_row_outer_parent\">\n<div class=\"cmsmasters_row_outer\">\n<div class=\"cmsmasters_row_inner\">\n<div class=\"cmsmasters_row_margin\">\n<div id=\"cmsmasters_column_q6nnkdzhzh\" class=\"cmsmasters_column one_first\">\n<div class=\"cmsmasters_column_inner\"><div class=\"cmsmasters_text\">\n<h4>Bir paytlar Chempionlar Ligasi tuzilib, barcha ligalarning kuchlilarini yig\u2018ib olmaguncha, ikkinchi darajali hisoblangan UYeFA kubogi yoki Kubok egalari kubogi turnirlari ham ancha qiziqarli o\u2018tgan. Chunki Chempionlar kubogida faqat mamlakat chempionlari to\u2018p surgan bo\u2018lsa, sovrindor klublar UYeFA kubogi uchun bellashishgan. Tasavvur qiling, shu format hozir ham saqlanib qolganida, \u201cLiverpul\u201d,\u201dChelsi\u201d, \u201cInter\u201d, \u201cYuventus\u201d, \u201cBarselona\u201d, \u201cManchester Yunayted\u201d, \u201cBorussiya\u201d, \u201cNapoli\u201d kabi klublarning barchasi UYeFA kubogida o\u2018ynagan bo\u2018lardi.<\/h4>\n<p dir=\"auto\">Qizig\u2018i, formatlar o\u2018zgarmagan bo\u2018lsa-da, bu mavsumda Yevropa Ligasi pley-offlari ancha qiziydigan bo\u2018lib turibdi. YeChL guruh bosqichi bizga juda ko\u2018p syurprizlarni taqdim etdi va bir qator top-klublar guruhda 3-o\u2018rinni olib, Yevropa Ligasiga o\u2018tish xavfi ostida qolgan. Keling, ancha chigal guruhlardagi vaziyatlarga e\u2019tibor qaratamiz.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>BARSeLONA<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cReal\u201d qatorasiga 31-marotaba guruh bosqichini muvaffaqiyatli hal qilganidan bir kun o\u2018tib, \u201cBarselona\u201d qatorasiga ikkinchi bor bahorgi YeChL musiqasidan mosuvo bo\u2018lmoqda. To\u2018g\u2018ri, juda kichik bo\u2018lsa-da, imkoniyat saqlanib qolgan, ammo \u201cKam Nou\u201dda \u201cInter\u201dni yutmasdan turib, pley-offdan umid qilish mo\u2018jizani istash bilan teng ekanini jamoaning o\u2018zi ham sezdi chog\u2018i, o\u2018yin chinakam pley-off bahsiga aylanib ketdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">5-tur oldidan \u201cBarselona\u201d \u201cInter\u201ddan 3 ochko kam jamg\u2018argan. Muhim nuqta \u2013 ochkolar teng bo\u2018lib qolgan taqdirda, o\u2018zaro o\u2018yinlardagi ustunlik (1:0, 3:3) tufayli \u201cInter\u201d guruhda yuqorida joylashadi. Har ikki jamoada ikkitadan o\u2018yin qolgan \u2013 \u201cViktoriya\u201d va \u201cBavariya\u201dga qarshi. Demak ko\u2018rinib turibdiki, vaziyat faqat \u201cBavariya\u201d bilan o\u2018yinlarga bog\u2018lanib qolmagan. Agar keyingi turda \u201cInter\u201d o\u2018z maydonida \u201cViktoriya\u201d ustidan g\u2018alaba qozonsa, tamom, \u201cBarselona\u201d bilan oradagi 3 ochkolik masofa saqlanib qolinadi. So\u2018nggi turda qanday natijalar qayd etilishidan qat\u2019i nazar \u201cBarselona\u201d italiyaliklarni quvib o\u2018ta olmaydi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Endi, \u201cBarselona\u201d keyingi bosqichga chiqishi har ikki o\u2018yinida g\u2018alaba qozonishi, shu bilan birga \u201cInter\u201dning qolgan 2 o\u2018yinda 3 ochko olmasligidan umid qilishi lozim bo\u2018ladi. Kecha o\u2018zaro o\u2018yinda g\u2018alabani qo\u2018ldan chiqargan Xavi shogirdlari nomi \u201cg\u2018alaba\u201d ma\u2019nosini beruvchi chex klubiga barcha umidni bog\u2018lashga majbur bo\u2018lib qolishdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/w8Ntdb5DOEqgZDOxmGJ2rjLk3dfLJMQ3.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>YuVeNTUS<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Turinliklar nihoyat Allegrini iste\u2019foga chiqarishi kutilgandi, lekin \u201cMakkabi\u201ddan mag\u2018lubiyatdan so\u2018ng ham YeChL guruh bosqichidan o\u2018tish uchun matematik imkoniyat saqlanib qolgani tufaylidir balki, sabr qilishmoqda. Imkoniyat esa, rostdan ham faqat matematik.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/3T3tspffO0NZvEILjnDk4XGza55Kx-Aj.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\">H guruhini \u201cPSJ\u201d va \u201cBenfika\u201d 8 tadan ochko to\u2018plab boshqarishmoqda. \u201cYuventus\u201dda esa, atigi 3 ochko bor. Keyingi ikki turda \u201cYuventus\u201d \u201cBenfika\u201d bilan safarda va \u201cPSJ\u201d bilan o\u2018z maydonida o\u2018ynaydi. Turinliklar har ikki o\u2018yinda o\u2018z foydasiga hal qilishi va yo \u201cPSJ\u201d yoki \u201cBenfika\u201dning \u201cMakkabi\u201d bilan o\u2018yinda qoqilishini kutishi lozim bo\u2018ladi. \u00a0O\u2018zaro o\u2018yinlarda \u201cYuventus\u201d har ikki raqibiga ham 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Demak o\u2018zaro o\u2018yinlarda ustunlik ta\u2019minlash uchun albatta, kattaroq hisoblarda yutishiga to\u2018g\u2018ri keladi ham.\u00a0Aks holda, \u201cPSJ\u201d yoki \u201cBenfika\u201d \u201cMakkabi\u201d bilan ochko yo\u2018qotgan (durang) taqdirda ham, to\u2018plar nisbatiga ko\u2018ra, \u201cYuventus\u201ddan yuqorida joylashishi mumkin. Xullas, \u201cjoy yo\u2018q\u201d, deb qo\u2018ya qolgan yaxshi, to\u2018g\u2018rimi?<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/X2E_CvybbGIKnPpkfDUXS1qSsJ0bDtXW.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>MILAN<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cMilan\u201d guruhda ayni damda 3-o\u2018rinni egallab turibdi va \u201cChelsi\u201d bilan ikki o\u2018yindagi mag\u2018lubiyat vaziyatni biroz qiyinlashtirib qo\u2018ygani ham bor gap. Ammo yuqorida sanalgan jamoalardan farqli ravishda, hammasi milanliklarning o\u2018z qo\u2018lida.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/1YhHmL_Qs0iblp7_dT5gdYMiR5nXkIxt.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\">So\u2018nggi tur oldidan ham hammasi o\u2018z qo\u2018lida qolishi uchun \u201cMilan\u201d (4 ochko) Zagrebda o\u2018tadigan 5-turda \u201cDinamo\u201dni mag\u2018lub etishi kerak. \u201cZalsburg\u201d (6 ochko) \u201cChelsi\u201dni qabul qiladi. Oxirgi turda \u201cMilan\u201d o\u2018z maydonida \u201cZalsburg\u201dni qabul qiladi. Demak o\u2018sha o\u2018yin oldidan \u201cMilan\u201d yo raqibini quvib o\u2018tgan yoki bir g\u2018alabalik masofada ortida qolayotgan bo\u2018ladi. \u201cMilan\u201d finalga teng o\u2018sha o\u2018yinda g\u2018alaba qozonib, guruhda 2-o\u2018rinni egallab olishi mumkin.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cZalsburg\u201d va \u201cMilan\u201d o\u2018rtasidagi birinchi davra o\u2018yini 1:1 hisobida yakunlangan. Bu degani, o\u2018sha 6-tur oldidan oradagi farq 3 ochkoga yetsa ham, har qanday g\u2018alaba \u201cMilan\u201dga raqibini quvib o\u2018tishini ta\u2019minlaydi. Chunki o\u2018zaro o\u2018yinlarda Pioli shogirdlarining ustunliklari bo\u2018ladi. Ammo tabiiyki, \u201cMilan\u201d Zagrebda mag\u2018lubiyatga uchramasligi lozim.Chunki zagrebliklarda ham 4 ochko bor. Agar bu jamoa Milandan o\u2018tib ketadigan bo\u2018lsa, balkim so\u2018nggi tur oldidan barcha masalani hal qilib qo\u2018yadigan \u201cChelsi\u201ddan xorvatlar ochko olib qo\u2018yishlari mumkin.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Xullas, maqsad aniq \u2013 Zagrebda kamida durang o\u2018ynash va oxirgi turda \u201cZalsburg\u201dni mag\u2018lubiyatga uchratish. Shuning o\u2018zi pley-off yo\u2018llanmasi uchun kifoya va \u201cMilan\u201dning qo\u2018lidan keladigan vazifa.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/PFkWyS1RcxmQh3eUothyfkRNiLwU8lUL.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>ATLeTIKO<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">V guruhida \u201cBryugge\u201d keyingi bosqich masalasini rasman hal qilib bo\u2018ldi. 2-yo\u2018llanma uchun esa, \u201cPortu\u201d, \u201cAtletiko\u201d va \u201cBayyer\u201d kurash olib boradi. \u201cMilan\u201d kabi, \u201cAtletiko\u201dning ham taqdiri o\u2018z qo\u2018lida, lekin Simeone jamoasini nisbatan jiddiyroq sinovlar kutib turibdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/UulFvde7zxyjC3gw-JkcSJ0rfzWo9RMc.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\">Xo\u2018p, keyingi turda \u201cAtletiko\u201d o\u2018z maydonida \u201cBayyer\u201dni yutdi, deylik. Busiz iloji yo\u2018q. Chunki \u201cPortu\u201d barcha masalani hal qilgan \u201cBryugge\u201d bilan o\u2018ynaydi va agar portugaliyaliklar g\u2018alaba qozonishsa, \u201cAtletiko\u201d ularga yeta olmaydi. Oxirgi turda esa, \u201cAtletiko\u201d \u201cPortu\u201d mehmoni bo\u2018ladi. Ana o\u2018sha uchrashuv pley-offga chiqish uchun finalga aylanib ketishi turgan gap. Katta ehtimol bilan hatto durang ham \u201cPortu\u201dni qoniqtiradigan holat bo\u2018lishi ehtimoli katta.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Agar o\u2018sha o\u2018yingacha \u201cAtletiko\u201d \u201cPortu\u201dga yetib oladigan bo\u2018lsa, masalan, madridliklar \u201cBayyer\u201dni yengib, \u201cPortu\u201d Belgiyada durang o\u2018ynasa, oxirgi turda \u201cAtletiko\u201dni durang ham qoniqtiradi. Chunki Madriddagi o\u2018zaro o\u2018yinda \u201cAtletiko\u201d so\u2018nggi daqiqalardagi gol evaziga 2:1 hisobida g\u2018alaba qozongandi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/ZE3VBSfLwheYpfGIyEABectxe30mcGxN.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>LIVeRPUL<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Bu ro\u2018yxatga hozirda 6 ochkolik farq bilan 2-o\u2018rinni egallab turgan \u201cLiverpul\u201dni qo\u2018shish biroz noto\u2018g\u2018ridir, lekin odatda, bu davrga kelib guruh masalasini hal qilib qo\u2018yadigan Klopp shogirdlarini hal qiluvchi bahs kutib turibdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/Vs-06QJTPZtpZN-dcN0VsF2XpEqIYN7r.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\">Keyingi turda \u201cLiverpul\u201d \u201cAyaks\u201d maydoniga safar qiladi va bu o\u2018yinda Klopp shogirdlari mag\u2018lubiyatga uchramasligi kerak. Mag\u2018lubiyatga uchralgan taqdirda ham, minimal hisobda bo\u2018lishi kerak. Agar \u201cAyaks\u201d o\u2018zi istagan hisobda (2 to\u2018p farqi bilan) g\u2018alaba qozonadigan bo\u2018lsa, oxirgi tur oldidan oradagi farqni 3 ochkoga qisqartiradi. So\u2018nggi turda esa, \u201cLiverpul\u201d \u201cNapoli\u201dni qabul qiladi, \u201cAyaks\u201d \u201cReyndjers\u201d bilan o\u2018ynaydi. Neapolliklar \u201cLiverpul\u201d uchun ancha noqulay raqib ekanini Italiyadagi o\u2018yin ham ko\u2018rsatib qo\u2018ydi. So\u2018nggi tur oldidan ortiqcha bosim va yutqazib qo\u2018yishdan qo\u2018rquv ta\u2019qib qilmasligi uchun inglizlar Niderlandiyada ochko olib qaytishlari kerak bo\u2018ladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/8\/O7wwoqM8StLzxuzvIAZpskaZdTcBCNDo.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>BOShQA GURUHLAR<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Qur\u2019a tashlanganda, ayrim guruhlardan tashqari, g\u2018oliblar aniqdek, o\u2018yinlar oddiy va kutilgan natijalarni taqdim etishi taxmin qilingandi. Ammo ko\u2018rib turganingizdek, deyarli hamma guruhda o\u2018ziga yarasha intriga bor va 5-tur ko\u2018p masalaga oydinlik kiritadigan hal qiluvchi bahslarga to\u2018la bo\u2018ladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">D guruhida boshidan kutilganidek, to\u2018rtala jamoada ham imkoniyat saqlanib qolgan va har bir o\u2018yin final maqomida bo\u2018lishi tabiiy. F guruhida \u201cReal\u201d, G guruhida \u201cManchester Siti\u201d muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qilib bo\u2018ldi. Keyingi yo\u2018llanmalarning \u201cShaxtyor\u201d va \u201cLeypsig\u201d o\u2018zaro o\u2018yinda hal qilsa, ikkinchisi katta ehtimol bilan \u201cDortmund\u201dga nasib qiladi. Buning uchun nemislar \u201cKopangagen\u201d (uyda) va \u201cManchester Siti\u201dga (uyda) qarshi o\u2018yinlarda 1 ochko olsa kifoya.<\/p>\n<\/div>\n<\/div><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"","protected":false},"author":1,"featured_media":14265,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[68],"tags":[],"class_list":["post-14261","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sport"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14261","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14261"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14261\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14450,"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14261\/revisions\/14450"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14265"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14261"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14261"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/zangiota-istiqbol.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14261"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}